Asosiy tarkibga o‘tish
YUKOSLOGISTICS

Biz haqimizda

O‘zbekiston yuk tashish bozorini raqamlashtiramiz

YukOs — yuk egasi va haydovchini vositachisiz bog‘laydigan platforma. Yuk egasi e’lon beradi, haydovchilar taklif yuboradi, kelishuv esa ikki tomon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladi.

YukOs logistika markazi va yuk mashinasi
viloyat qamrovi
12viloyat qamrovi
transport turi — yengil mashinadan furagacha
5transport turi — yengil mashinadan furagacha
safar komissiyasi
0%safar komissiyasi
YukOs omboridan yuk ortilmoqda

Maqsadimiz

Bo‘sh qatnaydigan mashina kamroq bo‘lsin

Har bir reys yuk bilan ketsin, haydovchi esa ish qidirib qo‘ng‘iroq qilib yurmasin. Yuk egasi uchun esa ishonchli haydovchi topish — daqiqalar ishi.

Muammodan — yechimga

An’anaviy usul

  • Haydovchi topish uchun o‘nlab qo‘ng‘iroqlar
  • Narx noaniq, vositachi ulushi yashirin
  • Yuk qayerdaligini bilish qiyin

YukOs bilan

  • Mos haydovchilar bitta lentada
  • Yopiq takliflar — adolatli narx
  • Real vaqtda GPS va tasdiqlash kodi

Ikki tomon — bitta jarayon

Platforma har ikki tomonning qadamlarini bir-biriga ulaydi.

Yuk egasi

  1. 01Yukni joylaydi
  2. 02Takliflarni oladi
  3. 03Eng mosini tanlaydi
  4. 04Safarni kuzatadi

Haydovchi

  1. 01Mos yukni topadi
  2. 02Narx taklif qiladi
  3. 03Buyurtmani oladi
  4. 04Safarni bajaradi

Biznes model

Safardan komissiya yo‘q

Platforma faqat haydovchilarning obunasi hisobidan ishlaydi. Safar narxi mijoz va haydovchi o‘rtasida kelishiladi va to‘liq haydovchiga qoladi.

yuk egasi platformaga to‘laydi
0 so‘myuk egasi platformaga to‘laydi
safar narxidan ulush
0%safar narxidan ulush
haydovchi takliflar to‘plami uchun to‘laydi
Obunahaydovchi takliflar to‘plami uchun to‘laydi

Qadriyatlarimiz

Bizni nima ajratib turadi

Shaffoflik

Narx haydovchi bilan mijoz o‘rtasida kelishiladi. Yashirin to‘lov va ulush yo‘q.

Tezlik

E’lon berilgandan keyin dastlabki takliflar odatda bir necha daqiqada keladi.

Ishonch

Har safardan keyin ikki tomon bir-birini baholaydi. Reyting hammaga ochiq.

YukOs

Logistikani birga soddalashtiramiz

Hamkorlik, savollar yoki takliflar bo‘yicha jamoamiz bilan bog‘laning.