Asosiy tarkibga o‘tish
YUKOSLOGISTICS

O‘zbekiston bo‘ylab yuk tashish

Yuk tashish. Endi ancha oson.

Yukni joylang — mos haydovchilar narx taklif qiladi. Eng ma’qulini tanlaysiz va yuk yo‘lini xaritada kuzatasiz.

  • Mijoz uchun bepul
  • Safardan 0% komissiya
  • Real vaqtda GPS
YukOs ilovasi — yuk tafsilotlari va yo‘nalish xaritasi

Har qanday transport uchun

  • Yengil mashina
  • Gazel
  • Kichik furgon
  • O‘rta yuk mashinasi
  • Fura

Kim uchun

Bir platforma — ikki tomon

Yuk egasi tez va ishonchli haydovchi topadi, haydovchi esa bo‘sh qatnamaydi.

Yuk egalari uchun

Yukingizni bir necha daqiqada joylang

Qayerdan, qayerga, qachon va qanday yuk — qolganini haydovchilar o‘zi taklif qiladi.

  • Platformadan foydalanish bepul
  • Takliflarni solishtirib, narxni o‘zingiz tanlaysiz
  • Haydovchining reytingi va sharhlari ko‘rinib turadi
  • Yuk qayerdaligini xaritada ko‘rasiz

Haydovchilar uchun

Yangi yuklar — bitta lentada

Yo‘nalishingizga mos yuklarni toping, taklif yuboring va daromadingizni oshiring.

  • Yo‘nalishingizga mos yuklar birinchi ko‘rinadi
  • Taklifingizni boshqa haydovchilar ko‘rmaydi
  • Safardan komissiya olinmaydi
  • Bir nechta yukni bitta reysga birlashtiring

Qanday ishlaydi

E’londan yetkazishgacha — 4 qadam

Hech qanday vositachi va qo‘ng‘iroqlarsiz. Butun jarayon bitta ilovada.

  1. 01

    E’lon bering

    Manzillar, yuk turi, og‘irligi, sana va kerakli transportni kiriting.

  2. 02

    Takliflarni oling

    Mos haydovchilar yopiq narx takliflarini yuboradi — odatda bir necha daqiqada.

  3. 03

    Haydovchini tanlang

    Narx, reyting va sharhlarni solishtiring. Bitta taklifni qabul qiling — qolganlari yopiladi.

  4. 04

    Kuzating va tasdiqlang

    Yo‘lni xaritada kuzating. Yetkazilganda SMS orqali kelgan kodni haydovchiga bering.

Imkoniyatlar

Ishonchli yuk tashish uchun hammasi

Har bir funksiya bitta maqsadga xizmat qiladi: yuk o‘z vaqtida, kelishilgan narxda yetib borsin.

Yopiq takliflar

Har bir haydovchi o‘z narxini yuboradi va boshqalarnikini ko‘rmaydi. Natijada — adolatli, raqobatbardosh narx.

Toshkent → Buxoro

12 t · Tentli fura

3 ta taklif
  • A

    Akmal R.

    4.9 · Tasdiqlangan

    2 850 000 so‘m

  • J

    Jasur T.

    4.8 · Tasdiqlangan

    2 920 000 so‘m

  • B

    Bobur N.

    4.7 · Tasdiqlangan

    3 050 000 so‘m

Real vaqtda kuzatuv

Haydovchi qayerdaligi va taxminiy yetib kelish vaqti xaritada doim ko‘rinib turadi.

Holat
Yo‘lda
Qolgan masofa
280 km
Yetib borish
~3 soat 45 daq

Tasdiqlash kodi

Yuk olinganda sizga SMS kod keladi. Haydovchi yetkazishni faqat shu kod bilan yakunlaydi.

Xavfsiz chat

Ilova ichida yozishing. Telefon raqam va havolalar avtomatik bloklanadi.

Ikki tomonlama reyting

Har safardan keyin mijoz va haydovchi bir-birini baholaydi.

Narxlar

Shaffof model, yashirin to‘lovlarsiz

Platforma faqat haydovchi obunasi hisobidan ishlaydi. Safar narxi esa faqat ikki tomon o‘rtasida.

Yuk egasi

0 so‘m/ har doim

  • Cheksiz yuk e’lonlari
  • Barcha takliflarni ko‘rish
  • GPS kuzatuv va tasdiqlash kodi
  • Haydovchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov

Haydovchi

Obuna/ takliflar to‘plami

  • Bitta taklif — bitta kredit
  • Payme yoki Click orqali to‘lov
  • Yutgan safardan komissiya yo‘q
  • Yuklar lentasi va yo‘nalish moslash

Joriy tariflar va narxlar ilovaning «Obuna» bo‘limida ko‘rsatiladi.

Mobil ilova

Bitta ilova — ikki rol

Ro‘yxatdan o‘tishda yuk egasi yoki haydovchi ekaningizni tanlaysiz. Ilova o‘sha rolga moslashadi.

  • Yorug‘ va tungi rejim
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarida
  • Yangi taklif va xabarlar haqida bildirishnomalar
Tez kundaGoogle PlayTez kundaApp Store
YukOs ilovasi — mavjud yuklar ro‘yxatiYukOs ilovasi — qabul qilingan taklifYukOs ilovasi — yuk tafsilotlari

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Javob topa olmadingizmi? Bizga yozing — bir ish kuni ichida javob beramiz.

Boshqa savolingiz bormi?

Bog‘lanish
Yuk egasi platformaga to‘lov qiladimi?

Yo‘q. Yuk joylash, takliflarni ko‘rish va kuzatuv yuk egasi uchun bepul. Safar haqini haydovchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laysiz.

Haydovchi qanday to‘laydi?

Haydovchi obuna sotib oladi — u ma’lum miqdordagi takliflar (kreditlar) beradi. Har bir yuborilgan taklif bitta kredit. To‘lov Payme yoki Click orqali.

Haydovchilar bir-birining narxini ko‘radimi?

Yo‘q. Takliflar yopiq: har bir haydovchi faqat o‘z taklifini ko‘radi. Barcha takliflarni faqat yuk egasi ko‘radi.

Yuk yetkazilganini qanday bilaman?

Yuk olinganda sizga SMS orqali tasdiqlash kodi keladi. Haydovchi yetkazishni faqat shu kod bilan yakunlay oladi — kodni yuk qo‘lingizga tekkanda bering.

Telefon raqamim haydovchiga ko‘rinadimi?

Muloqot ilova ichidagi chat orqali bo‘ladi. Chatda telefon raqam va havolalar avtomatik bloklanadi — bu ikki tomonni ham himoya qiladi.

Qaysi hududlarda ishlaysiz?

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida — shahar ichidagi kichik yuklardan viloyatlararo fura reyslarigacha.

Yuk yuradi. YukOs bog‘laydi.

Ilovani yuklab oling va birinchi yukingizni bugunoq joylang.

Tez kundaGoogle PlayTez kundaApp Store
Jamoa bilan bog‘lanish